“Tebinbuloq” KMK loyihasining samaradorligi tasdiqlandi - O‘TY

© Sputnik / Aleksandr Korkka / Mediabankka o‘tishSliv shlaka na territorii sexa shlakopererabotki Cherepoveskogo metallurgicheskogo kombinata
Sliv shlaka na territorii sexa shlakopererabotki Cherepoveskogo metallurgicheskogo kombinata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston temir yo‘llari qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda "Tebinbuloq" KMKda temir rudasi va vanadiy shlaki ishlab chiqarish samaradorligini tasdiqladi.

TOShKENT,  27 noya – Sputnik. “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasining dastlabki bosqichi samaradorligi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda O‘TY AJ.

“Tebinbuloq” KMK loyihasi - yiliga 27 million tonna ruda qazib olish va undan 1 million tonna temir prokat mahsulotlari va vanadiy shlaki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, lekin jarayon dastlab temir rudasining boyitilishini talab qiladi.

NGMK po sey den ostayetsya odnim iz krupneyshix kombinatov v mire - Sputnik O‘zbekiston
“Navoiy KMK” “Navoiyuran” davlat korxonasiga o‘zgartirildi

"O‘zbekiston temir yo‘llari", Avstriya va Germaniyaning bir necha maslahatchi kompaniyalari bilan birgalikda, ruda qazib olishdan to po‘lat mahsulotlar ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan jarayon uchun texnologik reglamentlarni ishlab chiqdi.

Ruda tarkibidagi temir miqdori kamligiga qaramay, tanlangan texnologiya va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot sifatida vanadiy shlakini ishlab chiqarish yordamida loyiha iqtisodiy samaradorligi 8-yilni tashkil qildi.

Tanlangan texnologiya bo‘yicha mustaqil ekspert xulosasini olish uchun Rossiyaning TOMS - Mineral xom-ashyoni boyitish texnologiyalari institutiga murojaat qilindi.

Institut 2020-yilning yanvaridan sentabr oyigacha ruda namunalarini boyitish bo‘yicha 3 bosqichli texnologik tadqiqotlar o‘tkazib, ruda tarkibida temir miqdori 67 % dan yuqori bo‘lgan konsentrat olindi. Bu bilan temir rudalarini boyitish imkoniyati yana bir bor tasdiqlandi, - deyilgan xabarda.

Olingan natijalar bo‘yicha mutaxassislar xalqaro standartlarga muvofiq Bank texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqdilar, bu esa o‘z navbatida ushbu loyihani rivojlantirishning keyingi bosqichlarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish masalasini hal qilishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, “Tebinbuloq” KMK qurilishi O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi 3473-sonli qarori bilan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. JORC kodeksi bo‘yicha Tebinbuloq konining resurs zaxirasi taxminan 1 milliard tonnani tashkil etadi.

Kon-metallurgiya majmuasi yiliga 800 ming tonna armatura, 100 ming tonna po‘lat simlar, 100 ming tonna burchakli temir, shveller va boshqa shakldagi metallarni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Mahsulotning 35 foizini eksport qilinishi ko‘zda tutilgan. Majmuada 3 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

© Press-slujba AO "Uzbekskie jeleznie dorogi"Investproyekt po stroitelstvu gorno-metallurgicheskogo kompleksa na baze mestorojdeniya Tebinbulak
“Tebinbuloq” KMK loyihasining samaradorligi tasdiqlandi - O‘TY - Sputnik O‘zbekiston
Investproyekt po stroitelstvu gorno-metallurgicheskogo kompleksa na baze mestorojdeniya Tebinbulak
Yangiliklar lentasi
0