“Navoiy KMK” “Navoiyuran” davlat korxonasiga o‘zgartirildi

© Foto : Iz lichnogo arxiva Ili BuyanovskogoNGMK po sey den ostayetsya odnim iz krupneyshix kombinatov v mire
NGMK po sey den ostayetsya odnim iz krupneyshix kombinatov v mire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanishi tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi – “Navoiyuran” davlat korxonasiga o‘zgartirildi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanishi tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi – “Navoiyuran” davlat korxonasiga o‘zgartirildi.

Shuningdek, “Navoiy KMK” DK mol-mulkining qismi negizida:

- qimmatbaho metallarni qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi, AJ ko‘rinishidagi “Navoiy KMK” AJ ishlab chiqarish korxonasi;

- “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi ta’sis etiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “NKMK jamg‘armasi” DM va “Navoiyuran” DKning ta’sischisi hisoblanadi.

Ofisnoe zdanie kompanii Uzbektelekom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning yirik davlat korxonalari isloh qilinadi

Moliya vazirligi “NKMK” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining aksiyadori (ta’sischisi) funksiyasini bajaradi.

Bunda, o‘tkazilgan ishchi xodimlarga mehnatga haq to‘lashning amaldagi shartlari, shu jumladan  belgilangan tarif razradlari va stavkalari, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonun bilan belgilangan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinadi.

Shuningdek, 5-yil davomida “NKMK jamg‘armasi” DM ixtiyoriga berilayotgan “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlari sonini qisqartirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining faoliyat turini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qaror bilan “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal qilish bo‘yicha komissiya tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Navoiy kon-metallurgiya kombinatini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda korxona zamonaviy kompaniyaga aylantirilishi ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0