Saratovdagi dahshat: O‘zbekiston fuqarosi 4 kishi qurbon bo‘lgan YTH uchun 3-yilga qamaldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud erkakni RF JKning "Ehtiyotsizlik tufayli ikkita va undan ortiq shaxslar o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakatidagi qoidabuzarlik" moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Saratov viloyat sudi yanvar oyida sodir bo‘lgan dahshatli YTH ishi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarosini aybdor deb topdi.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Astraxan viloyati 10 ming nafar migrantlarni qabul qilishga tayyor

Sudlanuvchini uch yillik qamoq jazosiga hukm qilishdi. Bu haqda RF TQ hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.

"Dastlabki tergov jarayonida va sudda erkak barcha ilgari surilgan ayblarni tan olgan. Sud hukmi bilan u 3-yilga qamoq jazosiga hukm qilingan, jazoni koloniya-poseleniyeda o‘tashi belgilangan, shuningdek, ikki yilga transport boshqarish huquqidan mahrum etilgan", - deyiladi bayonotda.

Sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan va shikoyat arizasini kiritish mumkin.

Hodisa haqida

Ayblovchi tomon quyidagi versiyani ilgari surgan: 16-yanvar kuni ertalab, Tatishev tumanidagi trassada o‘zbekistonlik haydovchi o‘zining Hyundai mikroavtobusida qarama qarshi tomonga chiqib ketgan.

Bespilotnie avtomobili Yandeksa  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada haydovchisiz avtomobilda imtihon topishirish mumkin bo‘ladi

Mashina qarshi tomonda kelayotgan "Volga" bilan to‘qnashgan.

Avariya oqibatida "Volga" haydovchisi va Hyundaining uch nafar yo‘lovchisi halok bo‘lishgan. Minivenda bo‘lgan yana ikki kishi og‘ir jarohat olgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi va minivenning yettita yo‘lovchisi O‘zbekiston fuqarolaridir. Ammo O‘zbekiston TIV sal oldin Hyundaidagi besh kishi - respublika fuqarolari bo‘lgani, ulardan ikki nafar halok bo‘lishgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0