Astraxan viloyati 10 ming nafar migrantlarni qabul qilishga tayyor

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik mehnat migrantlari Astraxan viloyatiga qishloq xo‘jaligi, baliq sanoati va qurilish sohalariga tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilinishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Astraxan viloyati 2021-yilda qishloq xo‘jaligida ishlash uchun 10 ming nafar mehnat migrantlarini qabul qilishga tayyor. Bu haqida hududiy qishloq xo‘jaligi va baliq sanoati vaziri Ruslan Pashayevning Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi hamda Xorazm viloyati hokimiyati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi. 

Muzokaralari yakunida, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejasi tuzildi. Viloyat vakillari qishloq xo‘jaligidan tashqari baliq sanoati hamda qurilish sohalarida ham ishchi kuchiga ehtiyoj borligini xabar qilishdi. Shuningdek mavsumiy ishga jalb qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

Astraxan viloyatida qonuniy ishlaydigan mehnat migrantlari soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda turadi. 

Ma’lumot uchun: ayni damda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kiritilgan cheklovlarga ko‘ra, Rossiya hududiga xorijiy fuqarolar kirishi cheklangan. O‘zbekistonlik mehnat migrantlari faqat tashkillashtirilgan tartibda ikki davlat rasmiy organlari kelishuviga muvofiq kirib kelishlari mumkin. 

 

Yangiliklar lentasi
0