TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiyada chet ellik fuqarolarning hujjatlari muddatini kelgusi yilning yoz oyigacha uzaytirishlari mumkin, deb xabar qilmoqda "Parlamentskaya gazeta" nashri.
Bu haqda Federatsiya kengashida migrantlarning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish vaqtida RF IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Kirill Adzinov ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda hujjat muddatini uzaytirish ustida ish ketmoqda.
"Biz prezident administratsiyasi bilan uning keyingi uzaytirilishi ustida ish olib bormoqdamiz. Kutilishicha, hujjat kelgusi yilning yoz oylarigacha uzaytirilishi mumkin", - deya aniqlik kiritdi Adzinov.
Eslatib o‘tamiz, chet ellik fuqarolarning hujjatlari muddatini uzaytirish qarori koronavirus pandemiyasi va 18-aprel kuni mamlakatlar o‘rtasida chegaralar yopilishi munosabati bilan e’lon qilingan edi.
O‘sha vaqtdan buyon hujjat ikki marotaba uzaytirildi. Avvaliga 15-sentabr, so‘ngra 15-dekabrga qadar.
Ta’kidlash joizki, qabul qilingan hujjatga ko‘ra, migrantlar Rossiyada ularga mamlakatda yashash huquqini beruvchi hujjatlari muddati o‘tib ketgan taqdirda ham qolishlari mumkin.
Registratsiyalar, patentlar, yashash huquqini beruvchi hujjat (vid na jitelstvo) va boshqa hujjatlar muddati o‘tgan hisoblanmaydi, ularni bekor qilishmaydi, shuningdek, bu asosda chet elliklar RFdan deportatsiya ham qilinmaydi.