Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori yirik firibgarlikka qo‘l urdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Direktor fuqarolardan birini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatish uchun 30 ming dollar "rag‘bat" so‘ragan

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlik ustida ushlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
"Ming dollarga ish": Jizzaxda odamlarga turli lavozimlarni pullagan firibgar qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, gap Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.A. haqida bormoqda.

U fuqaro Sh.A.ning turmush o‘rtog‘ini Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga 30 000 AQSh dollar talab qilgan.

U bu ishni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali bajarmoqchi bo‘lgan.

Pulning uchdan bir qismini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0