TOShKENT, 26 avg - Sputnik. "O‘zbekiston" lokomativ deposi navbatchisi 23 nafar fuqaroning 18 400 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Jizzax viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning "O‘zbekiston" lokomativ deposi navbatchisi Yu.B. fuqaro J.O.ni tanishlari orqali deponing Jizzax filialiga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 300 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yu.B. 23 nafar fuqaroni "O‘zbekiston" lokomativ deposining turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 18 400 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, shundan 21 nafar fuqaroning 13 300 AQSh dollarini qaytarmasdan kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yu.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “v” bandlari va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.