Olimlar COVID-19 "qarindoshlari"ni topishdi – bu Xitoyda emas

© REUTERS / Gleb Garanich Vorona napadayet na letuchuyu mish v sentre Kiyeva, Ukraina
 Vorona napadayet na letuchuyu mish v sentre Kiyeva, Ukraina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar Kambodja va Yaponiyada bir necha yil davomida muzlatgichlarda saqlangan ko‘rshapalaklarda COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 bilan bog‘liq bo‘lgan koronavirusni topdilar.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Olimlar Kambodja va Yaponiyada bir necha yil davomida muzlatgichlarda saqlangan ko‘rshapalaklarda COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 bilan bog‘liq bo‘lgan koronavirusni topdilar. Bu haqda RIA Novosti Nature jurnaliga asosan xabar qildi.

Konsepsiya kostuma ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
“Ko‘rshapalak odam”: koronavirusdan himoya kiyimi dizayni tayyorlandi - foto

Aniqlangan viruslar SARS-CoV-2ning Xitoydan tashqarida topilgan birinchi "qarindoshlari" ekanligi aytilmoqda.

Kambodjadagi virus 2010-yilda ushlangan 2ta ko‘rshapalakda topilgan. Virusning genomi hali nukleotid ketma-ketligi aniqlanmadi, shuning uchun bu kashfiyotning ahamiyati to‘g‘risida xulosa qilishga erta, deyilgan maqolada.

Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, agar aniqlangan virus pandemiyani keltirib chiqargan koronavirus bilan yaqindan bog‘liq bo‘lsa (97 foizdan ko‘prog‘i) unda bu SARS-CoV-2 ning ko‘rshapalaklardan odamlarga yuqish yo‘llari, COVID-19 kelib chiqishi haqida muhim ma’lumot berishi mumkin.

Agar aniqlangan virus chambarchas bog‘liq bo‘lmasa - 2013-yilda Yaponiyada ushlangan ko‘rshapalak aniqlangan virus kabi (81 foiz) - virusning kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumot bermasa ham, ushbu viruslar oilalari xilma-xilligi haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi.

"Kambodja jamoasi nima topganidan qat’i nazar, ikkala kashfiyot ham katta taassurot qoldiradi, chunki bu viruslar SARS-CoV-2 bilan chambarchas bog‘liqligini, ular katta burunli ko‘rshapalaklar, hatto Xitoy tashqarisida topilgan ko‘rshapalaklarda nisbatan keng tarqalganligini tasdiqlaydi", - deydi vyetnamlik biolog Elis Latinn.

Yangiliklar lentasi
0