TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. Xitoylik arxitektor Sun Dayong koronavirus infektsiyasidan himoya qiladigan kostyum dizaynini ishlab chiqdi, bu haqda Deezen nashri xabar qildi.
Is this the future? Chinese architect Sun Dayong has designed a wearable shield to protect against coronavirus outbreaks – https://t.co/9DyapotCRm (via @indiablock / @dezeen) pic.twitter.com/CAEResGXe1
— Master Prophet (@tomravenscroft) February 27, 2020
Kostyumga "Be a Bat Man" degan nom berildi. Bu bejiz emas: bir tomondan, dizayner inson qobiliyati chegaralarini kengaytiradigan super qahramon - Betman obraziga murojaat qilgan. Boshqa tomondan esa, koʻrshapalak epidepiya kelib chiqishining sabablaridan biri deb taxmin qilingan.
Himoya kiyimining asosiy kontseptsiyasi: ikkita karbon qanot yuk xalta (ryukzak)ga uxshab kiyiladi va ular orasidan plyonka tortiladi (koʻrshapalak qanotiga oʻxshaydi).
Qurilma kapsulasi qizishi va ultrabinafsha nurlanishni keltirib chiqarib, atrofdagi mikroblarini oʻldirishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.
Hozircha bu faqat kontseptsiya. Muallif gʻoyani amalga oshirish uchun investorlarni qidirmoqda.
Koronavirus boʻyicha soʻnggi maʼlumotlar
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, pnevmoniyaga chalinganlar soni 80 ming kishidan oshdi. Oʻlganlar soni 2770. Oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha birinchi oʻrinda Xitoy, keyin Janubiy Koreya, Eron va Italiya egalladi.
Epidemiya 29 ta mamlakatga tarqaldi.
JSST epidemiyani favqulodda holat deb tan oldi. Kasallikka Sovid-2019 rasmiy nom berildi.