TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
23 noyabr coat 13:00 ga qadar 54 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 713 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: Buxoro viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Toshkent viloyatida 32 nafar, Toshkent shahrida 11 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 68 915 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 2 195 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
O‘zbekistonda jami 603 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 58,6 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 37,5 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (12,2 mln), Hindistonda (9,1 mln), Braziliyada (6,1 mln).