O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlariga qiziqish nega oshdi – Bloomberg javobi

Obuna bo‘lish
Dengiz savdo yo‘llariga chiqish imkoni bo‘lmagan O‘zbekiston iqtisodi 2020-yilda o‘sishi kutilmoqda -  xalqaro ekspertlar prognozi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. 2020-yilda iqtisodi o‘sishi kutilayotgan sanoqli mamlakatlar qatorida bo‘lgan O‘zbekiston ikkinchi marotaba yevroobligatsiyalar bozoriga chiqdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Payshanba kuni e’lon ochilgan savdoda O‘zbekiston muddati 10-yil bo‘lgan 555 million dollarlik obligatsiyalarni 3,7 % stavkasida sotishga muvaffaq bo‘lgan. Undan tashqari O‘zbekiston ilk bor mahalliy valyutada muddati 3-yil bo‘lgan qiymati 2 trln. so‘mlik (193 mln. dollar) obligatsiyalarni ham sotishga muvaffaq bo‘ldi.

Bloomberg xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro moliya bozordagi muvaffaqiyati bir necha sabablarga bog‘liq. Fitch Ratings va S&P Global Ratings kabi xalqaro investitsion reytinglarda past darajada bo‘lsa-da, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-yilni iqtisodiy o‘sish bilan yakunlaydigan sanoqli mamlakatlar qatorida bo‘ladi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ilk marotaba so‘mda suveren obligatsiyalarni joylashtirdi

Moskvada joylashgan “Renessans Kapital” tahliliy agentligi bosh iqtisodchisi Sofya Dones xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonga koronavirusni yengishda uning nisbatan yosh aholisi hamda iqtisodning qishloq xo‘jaligi, sanoat va qurilish tomon burilishi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ilk bor xalqaro obligatsiyalar bozoriga 2019-yilning fevral oyida chiqqan edi. O‘shanda respublika 10-yillik obligatsiyalarni 5% daromad miqdori bilan emissiya qilgan edi.

Berlinda joylashgan Capitulum Asset Management kompanyasining bosh sarmoyaviy direktori Luts Remeyer aytishiga qaraganda, O‘zbekistonning birinchi yevrobondlar bozoriga chiqishi muvaffaqiyatli o‘tishiga birinchidan - ilk emissiya bo‘lgani va ikkinchidan respublikaning tashqi qarzi miqdori kam bo‘lgani sabab bo‘lgan.  

Ikkinchi emissiyada O‘zbekistonga Citigroup Inc., “Gazprombank”, JPMorgan Chase & Co., Societe Generale SA, VTB Kapital va boshqa moliyaviy korxonalar menedjer va bukranner sifatida yordam berishmoqda.

© BloombergBloomberg: Uzbekistan budet odnoy iz nemnogix stran, prodemonstrirovavshix ekonomicheskiy rost v 2020 godu
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlariga qiziqish nega oshdi – Bloomberg javobi - Sputnik O‘zbekiston
Bloomberg: Uzbekistan budet odnoy iz nemnogix stran, prodemonstrirovavshix ekonomicheskiy rost v 2020 godu
Yangiliklar lentasi
0