TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xalqaro moliya bozorlarida milliy valyutada 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar joylashtirdi. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov Twitterda ma’lum qildi.
"O‘zbekiston tarixida ilk bor xalqaro moliya bozorlarida milliy valyutamiz — so‘mda 2 trillion so‘m hajmda suveren obligatsiyalar London fond birjasiga joylashtirildi. Ushbu yutuq o‘zbek so‘mini moliya bozorlarida o‘z o‘rnini topishiga dadil qadam bo‘lsin", — deb yozadi Ishmetov.
O‘zbekiston tarixida ilk bor xalqaro moliya bozorlarida milliy valyutamiz - so‘mda - 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi. Ushbu yutuq o‘zbek so‘mini moliya bozorlarida o‘z o‘rnini topishiga dadil qadam bo‘lsin.
— Timur Ishmetov (@itimur79) November 19, 2020
Moliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, oldinroq qator yirik xalqaro investorlar tomonidan respublikaning makroiqtisodiy istiqbollari va tizimli islohotlari yuzasidan ijobiy xulosa berilgan, hamda nafaqat dollarda, balki o‘zbek so‘mida ham denominatsiya qilingan suveren xalqaro obligatsiyalarning chiqarilishiga ham qiziqish bildirilgan.
Xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qilish bilan birga, kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan, davlat g‘aznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratadi.
Milliy bank obligatsiyalari savdosi muvaffaqiyatli boshlandi >>>
Investorlar takliflariga binoan 750 million AQSh dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalarni 2 transhda — 10 yillik muddat bilan AQSh dollarida va 3 yillik muddat bilan o‘zbek so‘mida — chiqarish va London fond birjasida joylashtirish bo‘yicha boshlang‘ich foiz stavkalar, mos ravishda 4,25 foiz atrofida va 15,25 foiz atrofida belgilandi.