O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 603 nafarga yetdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVremenniy gospital COVID-19 na VDNX
Vremenniy gospital COVID-19 na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2152 nafar bemordan 223 nafari og‘ir, 59 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekistonda,  20-noyabr holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 280 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyada koronavirus 3-to‘lqini boshlandi

Yangi kasallanish holatlari Respublikaning 9 ta hududida aniqlangan.

Shu bilan birga, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 603 nafarga yetdi.

Kecha kun davomida: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Jizzax viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 9 nafar, Toshkent viloyatida 46 nafar, Toshkent shahrida 105 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 68525 (+198) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2152 nafar bemordan 223 nafari og‘ir, 59 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0