Janubiy Koreyada koronavirus 3-to‘lqini boshlandi

© AFP 2023 / YonhapProfilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule
Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya poytaxti - Seulda koronavirus infeksiyasining 3-to‘lqini boshlandi. Hozirgi kunda kasallanishning o‘sishi kuzatilmoqda, bu ko‘rsatkich fevral-mart va avgust oylarida kuzatilgan edi.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Janubiy Koreya poytaxti - Seulda koronavirus infeksiyasining 3-to‘lqini boshlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Yun Te Xo brifingda ma’lum qildi. Uning so‘zlari The Korea Herald nashrida e’lon qilindi.

Neftanoe patno - Sputnik O‘zbekiston
Neftda milliardlab noma’lum viruslar aniqlandi - Xitoy olimlari shokda

Rasmiy vakilning ta’kidlashicha, hozirgi kunda kasallanishning o‘sishi kuzatilmoqda, bu ko‘rsatkich fevral-mart va avgust oylarida kuzatilgan edi. Shu sababli, sog‘liqni saqlash idoralari tez orada munitsipal idoralar vaziyatni yaxshiroq hal qilishi uchun ijtimoiy masofani saqlash darajasiga oid tavsiyalarni e’lon qiladi.

Janubiy Koreyada bir necha kun ketma-ket 300 dan ortiq COVID-19 holatlari qayd etildi, kuni kecha Seulda 218 ta holat aniqlandi - bu avgust oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich.

Janubiy Koreyada besh bosqichli ijtimoiy masofani saqlash tizimi joriy etilgan. Oktabr oyining o‘rtalaridan boshlab eng past daraja amal qilgan, chunki yangi holatlar soni 60-150 kishi orasida bo‘lgan edi.

Hozir Seul va Kvanjuda ijtimoiy masofa saqlash darajasi 1,5 ga ko‘tarildi. Bunday holda, asosiy ehtiyot choralaridan tashqari, 100 va undan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov qo‘yiladi.

Bundan tashqari, ko‘p odamlar tashrif buyuradigan "xavfli" obyektlarning faoliyati cheklangan. O‘quvchilar umumiy sonining uchdan ikki qismi maktablarga borishi kerak, ba’zi darslar onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0