Turk harbiylari tez orada Ozarbayjonga yo‘l oladi

© Sputnik / Asatur Yesayants / Mediabankka o‘tishAvtomobil, povrejdenniy v rezultate obstrela v Stepenakerte
Avtomobil, povrejdenniy v rezultate obstrela v Stepenakerte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya quruqlikdagi kuchlari mashg‘ulotlarni yakunladilar va tez orada Ozarbayjon hududida vazifalarni bajarishga kirishadilar, deya bayonot qildi Turkiya mudofaa vazirligi rahbari Xulusi Akar.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Turk harbiylari tez orada Ozarbayjonga yo‘l oladilar, deb bayonot qildi Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar.

V NKR vsyo spokoyno: RF pomogayet mestnim jitelyam vozvratitsya k mirnoy jizni - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘da hammayoq tinch: RF mahalliy aholiga tinch hayotga qaytishga yordam bermoqda

"Tez orada bizning askarlarimiz Ozarbayjonga o‘z burchini ado etish uchun yo‘l oladilar. Piyoda qo‘shinlari tayyorgarlikni yakunladilar", - deya iqtibos keltirgan Anadolu agentligi vazir so‘zlaridan.

Sal oldin Turkiya prezidenti Toyyib Erdog‘an mamlakat parlamentiga harbiylarni Ozarbayjonga yuborish to‘g‘risida qonun loyihasini yo‘llagani haqida ma’lum bo‘lgan edi.

Ilgariroq Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya Qorabog‘da 10-noyabrdan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi to‘g‘risida qo‘shma bayonotni e’lon qilishgan edi. Regionga allaqachon rossiyalik tinchlikparvarlar kiritilgan. Erdog‘anning aytishicha, Turkiya va Rossiya Tog‘li Qorabog‘da tinchlik bitimi ustidan nazorat bo‘yicha markaz haqidagi memorandumga imzo chekishgan.

O‘z navbatida, RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralarda mintaqada Rossiya va Turkiyaning qo‘shma tinchlikparvar kuchlari joylashtirilishi mavzusi hech qachon muzokaralarda muhokama etilmaganini ko‘p bora ta’kidlagan.

Nagorniy Karabax: Rossiya, SShA i Fransiya dumayut, kak ostanovit krovoprolitie - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar operatsiya reytingi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ham Turkiyaning harbiylashgan tinchlikparvar bo‘linmalari Tog‘li Qorabog‘ga yo‘naltirilmasligi, ammo Anqara vakillari Ozarbayjonda joylashgan monitoring markazi doirasida vaziyatni barqarorlashtirishda ishtirok etishayotganiga e’tibor qaratgan edi.

Qorabog‘da o‘t ochishning to‘xtatilishi

O‘ninchi noyabr kuni Kreml matbuot xizmati Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya prezidentlarining shu kundan boshlab Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotini e’lon qildi. Ozarbayjon va Armaniston harbiy harakatlarni to‘xtatish, egallab olingan pozitsiyalarda to‘xtash va harbiy asirlar bilan o‘zaro almashish majburiyatini o‘z zimmasiga olishmoqda. Yerevan Kelbajar, Lochin va Agdam tumanlarini Bokuga qaytarishi kerak.

 

Bundan tashqari, mintaqaga Rossiyaning 1960 harbiy xizmatchilari, 90ta bronetransporterlar, 380 dona texnika ko‘rinishidagi tinchlikparvarlari kiritilmoqda. Ular Qorabog‘ va Lochin koridorida joy olgan.

Yangiliklar lentasi
0