Transgenderlarni xotirlash kuni. Qotilliklar tarixi

© ASIF HASSAN / AFPTransgender v Pakistane
Transgender v Pakistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har yili 20-noyabr kuni ko‘plab mamlakatlarda noan’anaviy jinsiy identifikatsiyaga ega odamlarga nisbatan tajovuzkorlik qurbonlarini xotirlashadi. An’ana 1999-yilda, AQShda transgender rok-qo‘shiqchisi Rita Xester o‘ldirilganidan so‘ng bir yil o‘tib yuzaga kelgan.

Oleg Obuxov, Sputnik radiosi sharhlovchisi

Transseksuallar va androginlar, agenderlar va bigenderlar, transvestitlar va genderkvirlar. Dunyoda jinsiy chegarasi tutashib ketgan yoki odatiy bo‘lmagan odamlar qanchaligi - hech kimga ma’lum emas. Ammo, o‘zini transgender deb ataguvchi odamlar boshqalarga nisbatan ko‘proq zo‘ravonlikka uchrashi haqidagi ta’kidlar juda ko‘p yangraydi. Boshqa jins vakillariga nisbatan uch karra ko‘p, deyiladi amerika zo‘ravonlikka qarshi milliy koalitsiyasi ma’lumotlarida.

Miting LGBT-soobshestva - Sputnik O‘zbekiston
"Geylarga erkinlik yo‘q" - O‘zbekiston BMT tavsiyasini rad etdi

Hammasi qanday boshlangan

Transgenderlarni xotirlash kuni ilk bor 1999-yilda San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda bu kun Rita Xester (Rita Hester) – bir yil oldin o‘zining Boston (AQSh)dagi kvartirasida o‘ldirib ketilgan transseksual ayol, rok-musiqachi xotirasiga bag‘ishlangan edi. Ayol pichoq bilan berilgan bir necha zarba oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Ayol qotilligi, transseksuallar qotilliklarining aksariyati singari ochilmasdan qolib ketgan.

Statistika

Transgenderlar huquqlari himoyachilarining ta’kidlariga ko‘ra, dunyoda har yili o‘nlab transseksual odamlar turli sabablar tufayli yuz bergan qotilliklar oqibatida halok bo‘lishadi. Bu borada aniq statistika olib borilmaydi. Politsiyachilarning hisobotlarida odatda rasmiy hujjatlarda yozilgan jins ko‘rsatiladi. 2019-yilda AQShda kamida 25 nafar transseksuallar o‘ldirilgan, deya keltirgan Inson huquqlari bo‘yicha milliy tashkilot portali (HRC). 

Agitatsionniy plakat za obsherossiyskoe golosovanie po popravkam v Konstitutsii v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
Geylarga qarshi normalar uchun kim bizni uyaltirmoqda?

Shanba. Tong. Los Eros bulvari yaqinida bir nechta erkak 27 yoshli Anai Rivasning yoniga kelishadi. Ular Anaidan o‘zlariga jinsiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatishni so‘rashadi. Ammo Anai erkaklarning bu taklifidan chog‘ bo‘ldi, deb ham bo‘lmaydi, chunki, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, uni mashina tomonga majburlab sudrab ketishgan. Avto turgan joyidan shiddat bilan qo‘zg‘aladi, ammo transgender-ayolni salonga to‘liq itarib kirgizishga ulgurishmagan (ehtimol, ataydan shunday qilingan) edi. Uning oyoqlari besh kilometrgacha yerda sudralib borgan. U halok bo‘ladi. Ushbu hikoya Salvadordagi LGBT-faollar tomonidan so‘zlab berildi.

Bu kam uchraydigan holatlardan emas: ta’kidlanishicha, mamlakatda so‘nggi vaqtlarda nafrat tufayli transgenderlarga nisbatan amalga oshiriladigan jinoyatlar soni ortib bormoqda.

Ispaniya hikoyasi

45 yashar Sonya Reskalvo Zafra, transgender ayol Barselonada Syutadella parkida (Parc de la Ciutadella) olti nafar neonatsist skinxedlar tomonidan o‘ldirilgan. Ular 16-17 yoshdagi o‘smirlar bo‘lishgan. Yosh yigitlar ayolni u transgender bo‘lgani uchun bir necha marotaba boshiga oyoqlari bilan tepishgan. Ularning uylari tintuv qilingan vaqtda pichoqlar, beysbol bitalari va kastetlar topilgan. Sud o‘smirlarni 310-yilga ozodlikdan mahrum etgan. Oradan 22 yarim yil o‘tib Kataloniya geylar xaloskor fronti (Front d'Alliberament Gai de Catalunya) ushbu hodisa yuz bergan joyni Glorieta de la Transsexual Sònia (Transseksual Sonya maydonchasi) deb nomlashni taklif etgan. Shahar hukumati ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan va fojia xotirasiga yangi nom rasman tasdiqdan o‘tkazilgan.

Rossiya hikoyasi/ Ishdagi tushunmovchilik

Transgenderlarning o‘zlarining aytishicha, Rossiyada noan’anaviy jinsiy identifikatsiyalangan odamlar qotilliklari uchrab turadi, ammo bunday hodisalar ko‘proq maishiy mojarolar va rashk tufayli yuzaga keladi.

Shu bilan birga, Trans Family YouTube-kanali muallifi Erika Askarovaning Sputnik radiosiga aytishicha, bunday odamlar diskriminatsiyaga duch kelishlari ham bor gap, xususan, ishga joylashishda.

Lola Karimova-Tillyayeva na vruchenii premii The Best Award v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova LGBT-o‘smirlarga yordam qiluvchi tashkilotni qo‘llab-quvvatladi

"Meni ko‘pincha ishga olishmagan. Rad etishlari uchun mening noodatiy tashqi ko‘rinishimning o‘zi yetarli hisoblanardi. Ular mening ma’lumotim yoki professional sifatidagi ko‘nikmalarimga mutlaqo ahamiyat berishmagan. Men ularga to‘g‘ri kelmasligim, ular transgenderni ishga ololmasliklarini aytishardi. Mening dugonamni esa anchadan buyon dorixonadan ishdan bo‘shatishga harakat qilib kelishmoqda, u farmatsevt bo‘lib ishlaydi. Mehnat inspeksiyasida ish beruvchi uni ishdan bo‘shatishga haqli emasligini tushuntirishsa-da, ammo bevosita ish joyida u muntazam diskriminatsiyaga duch keladi. Bu yerda murakkab tomoni - transgenderlik - jismoniy emas, balki ruhiy holatligida. Ko‘pincha jinsni to‘liq o‘zgartirish uchun operatsiyaga pul topilmaydi. Va pasport bo‘yicha, misol uchun, siz erkak bo‘lsangizda, ish beruvchi qarshisida ayolni ko‘radi. Bunday farqlar ko‘pchilik uchun maqbul emas".

"Odatiy" ko‘rinishga ega bo‘lish esa, transgenderlarning o‘zlari uchun nomaqbuldir. Ushbu kolliziyaga aynan hozir qanday yechim topish mumkin - tushunarsiz. Ammo bir narsa ravshan, hech qanday holatda ham zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas va uni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0