O‘zbekistonda to‘qqiz oy davomida 647 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi amaldorlardir. To‘qqiz oy davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 milliard so‘mdan ko‘p zarar yetkazilgan.

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. 2020 yilning 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 838 ta korrupsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shundan sudlarga yuborilgan 454ta jinoyat ishlari bo‘yicha 647 ta mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekkino korrupsiyaga qarshi multfilm bilan kurashishga qaror qildi

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qilmoqda.

2020 yilning 9 oyi davomida aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, ya’ni 261 nafar shaxs (40,3%) ni JK ning 167-moddasi(O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)da ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan mansabdor shaxslar tashkil qilgan.

Shuningdek, JK ning 168-moddasi(Firibgarlik) bilan 116 nafar shaxs,  184-moddasi(Budjet va smeta-shtat intizomini buzish) bilan 68 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 56 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 24 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 9 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 15 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini belgilab berdi

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi bo‘yicha tahlil natijalari ko‘ra, 7 nafar hokim o‘rinbosarlari, 1 nafar prokuratura, 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, 13 nafar Majburiy ijro burosi, 1 nafar adliya, 59 nafar IIV xodimi, 6 nafar DSQ xodimi, 1 nafar bojxona, 2 nafar Milliy gvardiya, 3 nafar Mudofaa vazirligi, 57 nafar sog‘liqni saqlash vazirligi,  8 nafar bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 15 nafar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 89 nafar xalq ta’limi vazirligi, 36 nafar maktabgacha ta’lim vazirligi, 34 nafar bank rahbarlari, 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.  

2020 yilning 9 oyi davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 339 388 so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0