TOShKENT, 18 noya — Sputnik. TIV Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi mehnat qulligida ushlab turilgani OAVlarda tarqalgan xabar yuzasidan bayonot berdi.
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosining mehnat qulligida ushlab turilgani to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqalgani munosabati bilan Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
"Aqto‘be viloyati politsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan shaxslarni topish bo‘yicha rejali tadbirlar davomida 1962-yil 2-mayda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.B. aniqlangan. Uning ish beruvchisiga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 128-moddasida ko‘zda tutilgan “Odam savdosi” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
M.B. Qozog‘istonga 1996-yilda kelgan, 2004-yilda doimiy yashash ruxsatnomasini olgan va Qozog‘istonda muntazam yashaydi.
Huquqni muhofaza qilivchi organlar vakillari bilan suhbat chog‘ida M.B. hozirgi ish beruvchisiga nisbatan shikoyati yo‘qligini, ish, yashash va ish haqi shartlari o‘zini qoniqtirishini, O‘zbekistonga qaytish niyati yo‘qligini va Olmaota shahriga, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan qizining uyiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganini bildirdi.
Jinoiy ish alomatlari yo‘qligi va mehnat qulligi faktlari tasdiqlanmagani munosabati bilan qo‘zg‘atilgan jinoiyat ish yopildi", - deyilgan TIV bayonotida.