TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Markaziy Osiyoning qator davlatlarida beqarorlik kuchaymoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Xalqaro ishlar bo‘yicha Federatsiya Kengashi qo‘mitasi onlayn yig‘ilishida aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Biz Markaziy Osiyoning bir qator mamlakatlarida beqarorlik alomatlari kuchayganini ko‘rapmiz, gap nima haqida ketayotganini eslatib o‘tirmayman, ammo shuningdek Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi vaziyat unchalik optimizm bilan qarashga imkon bermayapti", - dedi Rudenko.
Shu munosabat bilan u Rossiya va Turkmaniston o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning muhimligiga ishora qildi, uning loyihasi parlamentning yuqori palatasi qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.