TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiyaning sobiq prezidentlariga beriladigan kafolatlar SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachovga joriy qilinmaydi, deya tushuntirdi Davlat Dumasining davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi rahbari Pavel Krasheninnikov. RIA Novosti xabari asosida.
Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda Davlat dumasi Rossiyaning sobiq prezidentiga uning prezidentlik muddatidan qat’i nazar, daxlsizlik berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
"Rossiya Federatsiyasi SSSRning huquqiy vorisi sanaladi. Shu munosabat bilan, meni nazdimda, haqqoniy savol tug‘iladi. Ushbu taklif etilayotgan qonundan SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Gorbachev foydalana oladimi? Bu qonun unga ham joriy qilinadimi?" — deya savol berdi KPRF deputati Denis Parfenov qonun loyihasi muhokamasi davomida.
"Men shunchaki qonun loyihasining nomiga e’tiboringizni qaratmoqchiman — "O‘z vakolatlarini to‘xtatgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti kafolatlari to‘g‘risida". <...> Men shunga e’tibor qaratmoqchiman. Bundan kelib chiqadiki, javob: "Yo‘q, joriy etilmaydi", — dedi Krasheninnikov.