Gorbachov SSSR parchalanishida kim aybdorligini aytdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishBivshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev
Bivshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida Sovet Ittifiqi parchalanishi uchun kim javobgar ekanini aytdi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov Sovet Ittifiqi parchalanishida avgust oyidagi davlat to‘ntarishi tashkilotchilari aybdor ekanini ma’lum qildi.

“Qayta qurish oxiri va Sovet Ittifoqi parchalanishi uchun 1991-yil avgust oyida davlat to‘ntarishini tashkil etgan, to‘ntarishdan so‘ng SSSR prezidentining zaiflashgan pozitsiyasidan foydalanganlar javobgarlar”, - deya ma’lum qildi Gorbachov Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida.

Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
G‘arbning eng katta xatosi nimada – Gorbachov fikri

U qayta qurishning ehtimoliy xatarlarnini anglaganini, ammo mamlakat rahbariyati o‘zgarishlar zarurligini tushunganini qo‘shimcha qilgan.

 “Avvalgidek yashashning iloji yo‘q edi. Qayta qurishning muhim qismi ham umuminsoniy qadriyatlar va yadroviy qurolsizlanish, ham tanlov erkinligini qamrab olgan yangi tashqi siyosat edi”, - deya tushuntirgan so‘nggi sovet yetakchisi.

Gorbachov qayta qurishdan afsuslanmasligi, lekin islohotlar yo‘lida xatolar va kamchiliklar bo‘lganini tan olishini ta’kidlagan. Shuningdek, u Rossiya totalitar tuzumga hech qachon qaytmasligi haqida fikr bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Gorbachov NATOni kengaytirish qarorini G‘arbning eng katta strategik xatosi deb bilishini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0