O‘zbekiston regionlarida 26 ta ko‘prikning tayanchlari kritik holatga kelib qolgan

© DaryoMost v Surxandarinskoy oblasti, raspolojenniy na 76-m km avtodorogi "Darband — Boysun — Elbayon"
Most v Surxandarinskoy oblasti, raspolojenniy na 76-m km avtodorogi Darband — Boysun — Elbayon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Daryo va soylarning o‘zanlaridan – tosh, qum va shag‘alning nazoratsiz va noqonuniy ravishda qazib olinishi natijasida, ayrim ko‘priklarning oraliq tayanchlari kritik qiymatlardan ortiqcha yuvilib ketganligini aniqlandi - Transport vazirligi

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekistondagi ko‘priklar holati o‘rganildi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi axborot xizmati.

Most v Surxandarinskoy oblasti, raspolojenniy na 76-m km avtodorogi Darband — Boysun — Elbayon - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadi

Ushbu o‘rganishlar natijasida, daryo va soylarning o‘zanlaridan – tosh, qum va shag‘alning nazoratsiz va noqonuniy ravishda qazib olinishi natijasida, ayrim ko‘priklarning oraliq tayanchlari kritik qiymatlardan ortiqcha yuvilib ketganligini aniqlangan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining 26-bandiga ko‘ra, darolardagi ko‘priklardan – o‘zan bo‘ylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 kmgacha bo‘lgan masofada qum va toshlar qazib olish uchun karyerlar barpo etish ta’qiqlangan, deya eslatadi vazirlik.

Aytilishicha, mazkur talab bajarilmaganligi oqibatida, suv o‘zani sathining pasayishi sababli Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Andijon viloyatlarida barpo qilingan jami 26 ta ko‘prikning tayanchlari kritik holatga kelib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0