Surxondaryoda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadi

© DaryoMost v Surxandarinskoy oblasti, raspolojenniy na 76-m km avtodorogi "Darband — Boysun — Elbayon"
Most v Surxandarinskoy oblasti, raspolojenniy na 76-m km avtodorogi Darband — Boysun — Elbayon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatidagi “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 76 kilometrida joylashgan ko‘prikni ta’mirlashga 9,6 mld so‘m sarflanadi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi 4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 76 kilometrida joylashgan ko‘prikni ta’mirlashga 9,6 mlrd so‘m sarflanadi. Bu haqda Qumqo‘rg‘on tumani 340-yo‘l bo‘limi boshlig‘i Husan Rahimov “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prikning bunday ahvolga kelib qolishiga, kuchli sel va tabiiy hodisalar sabab bo‘lgan. Ko‘prikni litsenziyaga ega bo‘lgan “Bahrom Universal” MChJ qurgan. 

"Hozirgi kunda ushbu ko‘prikni qayta rekonstruksiya, ya’ni ta’mirlash uchun 9,6 milliard so‘m ajratilgan. Ushbu qurilish ishlari Surxondaryo viloyatida yaxshi bir tajriba ega bo‘lgan “Xushboq-Ali-Angor” MChJ quruvchisi tomonidan amalga oshirilyapti. Tabiiy ofatning hisobiga ko‘prik mana shunday holatga kelib qolgan”, - dedi Rahimov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 76 kilometrida joylashgan, uzunligi 66 metr bo‘lgan “Polvontosh” selgasi ustidagi ko‘prikning oraliq tayanch ustunlari 1 metrga cho‘kishi va ustki plitalari qulashi natijasida 1-yilu 7 oy o‘tib ko‘prik yaroqsiz holatga kelib qolgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston janubida yangi qurilgan ko‘prik quladi

Viloyat prokuraturasi  pudratchi korxona tomonidan ushbu ko‘prik qurilish jarayonida 34 mln. so‘mlik ishlar bajarilmagani ma’lum qilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Termiz transport prokuraturasi tomonidan oldinroq tekshirish o‘tkazish boshlangan, lekin pandemiya vaqtida kiritilgan cheklovlar tufayli 18-iyun kuni kuni jinoyat ishi bekor qilingan edi.  Ushbu qaror 29-sentabrda Transport prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0