O‘zbekiston 10-yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri SShA.
Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi muvaffaqiyatli emissiyadan so‘ng O‘zbekiston 10 yillik yevrobondlarni boorga chiqarishga tayyorlanmoqda.

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. O‘zbekiston 10-yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, 10-yilga mo‘ljallangan nominali dollarda ko‘rsatilgan yevrobondlar  chiqarish rejalashtirilmoqda. Qimmatli qog‘ozlarni bozorga chiqarishda O‘zbekiston Markaziy bankiga Citi, Gazprombank, JP Morgan, Societe Generale va VTB Kapital banklari lid-menedjerami va bukranner sifatida yordam berishadi.

Predsedatel Sentralnogo banka Uzbekistana Mamarizo Nurmuratov - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston yana yevrobondlar chiqaradi

Banklar 17-noyabr kuni investorlar bilan xalqaro konferens-qo‘ng‘iroq ilishni rejalashtirishgan. Shuningdek bir qator individual qo‘ng‘iroqlar qilish ham rejalashtirilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston potensial investorlar bilan milliy valyutada (so‘m) sarmoya kiritish masalasini ham muhokama qilishga kelishib olgan. 

Eslatib o‘timiz, 2019 yilning boshida O‘zbekiston qiymati $1 milliard dollar bo‘lgan yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirgan edi. Bundan tashqari yaqinda O‘zbekiston Energetika kompaniyalari ham sarmoya jalb qilish maqsadida mustaqil ravishda qimmatli qog‘ozlar chiqarishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0