“Tojdor virus” yengil shakli ham xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin – Britaniya olimlari

© REUTERS / NEXU Science CommunicationKoronavirus pod mikroskopom
Koronavirus pod mikroskopom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asoratlari xavfi yetarli darajada past deb baholanadigan - koronavirusning yengil shakli jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Asoratlari xavfi yetarli darajada past deb baholanadigan - koronavirusning yengil shakli ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb yozadi Daily Mail Britaniyaning Coverscan guruhi mutaxassislari xulosalariga asosan.

Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston
Vaksina koronavirusni to‘xtata olmaydi - BSST

COVID-19ning yengil shakli bilan kasallangan 200 dan ortiq bemor ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki: bemorlarda kasallik alomatlari uzoq vaqt saqlanib, deyarli 70 foiz kishida bir yoki bir nechta organlariga zarar yetkazdi.

Ko‘pincha o‘pka, yurak va oshqozon osti bezi - xavf ostida. Shuningdek, virus buyrak, jigar va qorajigarda asoratlarni keltirib chiqardi.

Bundan tashqari, hatto infeksiyaga chalingandan so‘ng bir necha oy o‘tgan bo‘lsa ham, odamlar nafas qisilishi, mushak spazmlari va bosh og‘rig‘idan shikoyat qildilar.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksina yakka tartibda pandemiyani to‘xtata olmaydi deb yozgan edi.

"COVID-19 pandemiyasi boshlangan vaqtdan vaksina pandemiyani nazorat qilish uchun zarur bo‘lishini bilgan edik. Ammo u qolgan instrumentlarni to‘ldirishini, aslo ularning o‘rnini bosmasligini bilish muhim", - deyiladi xabarda.

Uning aytishicha, vaksina avvaliga ommabop bo‘lmasligi, cheklovlar bo‘lishi, shu bois, birinchi galda tibbiyot xodimlari, katta yoshdagilar va surunkali kasalliklarga ega odamlar emlanadilar. Bu esa o‘limlar sonini qisqartiradi va sog‘liqni saqlash tizimiga ushbu infeksiyaga qarshi kurashda samaradorlikni ta’minlaydi, ammo shu bilan birga virus bir joyda to‘xtab qoladigan emas.

Gebreyesus emlash ishlari boshlangandan keyin ham kuzatuv, testdan o‘tkazish, kasallanganlarni yakkalash va ularni davolash, aloqalar zanjirini aniqlash va karantin singari choralarni davom ettirishga chaqirdi. Shuningdek, BSST rahbariga ko‘ra, kasallik tarqalishining oldini olishga qarshi kurashda jamoalar va alohida fuqarolarni jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0