Sudandagi HDF bazasi: Rossiya Afrikada mustahkam joylashmoqda

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Mediabankka o‘tishGvardeyskiy raketniy kreyser "Moskva"
Gvardeyskiy raketniy kreyser Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Shoyguga Rossiya nomidan Sudanda Rf HDF uchun material-texnik ta’minot markazi punktini yaratish to‘g‘risida bitim imzolashni buyurdi. Bu Moskvaga mintaqaga qurolni xavfsiz yetkazishni ta’minlash va dengiz qaroqchilariga qarshi kurashishga imkon beradi.

Sergey Ilin, Sputnik radiosi

Moskva so‘nggi vaqtlarda Afrika davlatlari bilan 2,5 milliard dollardan ziyod summaga qurol yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Sudanning o‘ziga ham shu jumladan. Ushbu kelishuvlar, mintaqadagi ayrim mamlakatlarda kuzatilayotgan beqarorlikni hisobga olgan holda, kafolatlangan ta’minotga muhtoj.

Bolshaya dizel-elektricheskaya podvodnaya lodka Volxov - Sputnik O‘zbekiston
Kuchli torpeda: National Interest Rossiya suvosti kemasidan hayratda qoldi

Ammo eng asosiysi - Rossiya to‘laqonli Jahon okeaniga qaytishida. Demakki, Rossiya dengizchilari uzoq yo‘lga chiqqanlarida maxsus kelishuvsiz boradigan joylari bo‘ladi. Aytgancha, xuddi shu gap harbiy atom kreyserlariga ham tegishli. U yerga, zarurat tug‘ilgan taqdirda, samolyotlar ham qo‘nishi mumkin: bazada uchib-qo‘nish yo‘lagi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Rossiya ushbu mamlakat dengiz portlari va aeroportlari orqali baza ishlashi va harbiy kemalar tomonidan masalalarning tayyorlanishi uchun zarur bo‘lgan har qanday uskuna va aslahalarni olib kirish va olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu uchun bojlar va boshqa to‘lovlar undirilmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, Xartum Rossiya bazasi uchun yerni tekinga ajratdi.

Moskva o‘z obyektida 300 nafargacha personal, to‘rttagacha kema, shu jumladan, yadro energetika uskunali kemani joylashtira oladi.

O‘z navbatida, Sudan rahbariyati bir necha yil oldin Rossiya bazasi Afrika dengiz chegaralarining muntazam buzilishini hisobga olgan holda, qaroqchilarga, kontrabandaga va qul savdosiga qarshi kurashda yordam berishi mumkinligi qayd etishgan edi.

Illyustratsiya budushey amerikanskoy podlodki klassa Columbia - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima sababdan suv osti kemalarini Rossiya qirg‘oqlari yaqiniga ko‘chirmoqda

Harbiy ekspertlarning ta’kidlashicha, ilgari SSSRning xorijiy harbiy bazalari Afrikada ancha qulayroq joylashgan edi.

Misol uchun, yamanning Adenida, Somali va Efiopiyada, bu esa Qizil dengizga kirish va undan chiqishni nazorat qilish imkonini berardi. Ammo, bugun turli sabablarga ko‘ra, xususan, siyosiy va harbiy xarakterdagi sabablarga ko‘ra ham, mintaqadagi ushbu strategik jihatdan muhim va qulay nuqtalarga qaytish yaqin istiqbolda imkonsiz ko‘rinmoqda.

Yaqinda Xitoy o‘z qurolli kuchlarini xorijiy hududlarda joylashtirish bo‘yicha aqin 30-yilga mo‘ljallangan ulkan rejalarini amalga oshirishga kirishgani ham ushbu mintaqaning muhimligini tasdiqlaydi.

Pekinning yangi harbiy strategiyasi e’tiborni "milliy hududni himoya qilish"dan "davlat chegaralaridan tashqarida milliy manfaatlarni himoya qilish"ga yo‘naltirishdir. Uch yil oldin XXR Sudan singari Sharqiy Afrikada joylashgan Jibuti Respublikasida dengiz kuchlari uchun birinchi xorijiy material-texnik ta’minot punktini foydalanishga topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0