O‘zbekistonda koronavirus: 16-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVremenniy gospital COVID-19 na VDNX
Vremenniy gospital COVID-19 na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 56 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 299 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Respublikanskaya detskaya bolnitsa vo Vladikavkaze - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19’dan keyin o‘pkani tiklash usullari – immunolog tavsiyasi

15 noyabr coat 13:00 ga qadar 56 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 299 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Andijon viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Xorazm viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida 7 nafar, Toshkent shahrida 22 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 67 526 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 175 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 598 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Gumanitar yordam

O‘zbekiston rahbariyatining farmoyishiga asosan yuborilgan navbatdagi gumanitar yuk Qirg‘iziston poytaxtiga yetib keldi. Tibbiy yuk tarkibida - himoya kiyimlari va ko‘zoynaklari, bir martali ishlatiladigan niqob va qo‘lqoplar, dori vositalari, COVID-19’ni aniqlash testlari, shprislar va kapelnitsa.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 54,4 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 34,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (11,0 mln), Hindistonda (8,8 mln), Braziliyada (5,9 mln).

Yangiliklar lentasi
0