COVID-19’dan keyin o‘pkani tiklash usullari – immunolog tavsiyasi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishRespublikanskaya detskaya bolnitsa vo Vladikavkaze
Respublikanskaya detskaya bolnitsa vo Vladikavkaze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik mutaxassis, allergolog-immunolog Yevgeniya Parshina COVID-19’dan keyin o‘pkani tiklash usullarini ma’lum qildi.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Nafas olish gimnastikasi va maxsus mashqlar yordamida koronavirus infeksiyasidan so‘ng o‘pkaning tiklanishini tezlashtirish mumkin, dedi allergolog-immunolog Yevgeniya Parshina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashqlarni kuniga bir necha marta bajarish kerak.

"Nafas olish gimnastikasini o‘tirgan va yotgan holatda bajarish mumkin. Shuningdek, mashg‘ulotlar tonusni saqlashga yordam beradi", - deb tushuntirdi Parshina "Argumenti va fakti" nashriga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, bemorlar gelioks (yuqori haroratgacha qizdirilgan geliy-kislorod aralashmasi. - tahr.) bilan ingalyatsiya qilish mumkin, - deya xulosa qildi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0