O‘zbekistonda koronavirus: yangi holatlar va sog‘ayish ko‘rsatkichi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota kovid-gospitalya
Rabota kovid-gospitalya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 208 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 038 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyada yiliga 150 million doza "Sputnika V" vaksinasi ishlab chiqariladi

Bir sutka davomida 208 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 038 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida, 7 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafari Cirdaryo viloyatida, 10 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida, 63 nafari Toshkent viloyatida, 85 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan..

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 223 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 67 315 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.

Ayni paytda 2 126 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 597 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0