Janubiy Koreyada yiliga 150 million doza "Sputnika V" vaksinasi ishlab chiqariladi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyo bo‘yicha "Sputnik V" vaksinasiga 1,2 miliard dozaga talab kelib tushgan. Uni qondirish uchun vaksinani xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqish uchun shartnomalar imzolanmoqda.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiyaning To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) hamda GL Rapha biotexnologik kompaniyasi Janubiy Koreyada "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarishga kelishib olishdi.

"Janubiy Koreyada yiliga 150 million doza vaksina ishlab chiqariladi. Vaksina eksporti 2021-yilning yanvar oyida boshlanadi", - deyilgan xabarda. 

"Sputnik V" vaksinasiga xalqaro miqyosda paydo bo‘layotgan talabni qondirish uchun hamkorlikni rivojlantirish kerak, - dedi fond rahbari Kirill Dmitriyev.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan COVID-19ga qarshi ishlab chiqilgan dunyoda birinchi koronavirusga qarshi vaksina 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Bugungi kunga qadar vaksinani 43 mingdan ziyod kishila olgan va 92 % samaradorlik namoyish etgan. Aynidamda vaksina Rossiyadan tashqari BAA, Venesuela, Hindiston va Belorussiyada sinovdan o‘tkazilmoqda. 

RFPi direktori Kirill Dmitriyev aytishiga qaraganda bugungni kunga qadar Rossiya vaksinasiga 20 dan ortiq davlatdan 1,2 milliar doza vaksinaga so‘rov kelib tushgan. Ayni damda 5ta mamlakat bilan yiliga 500 million doza vaksina ishlab chiqarish haqida kelishuvga erishilgan

Yangiliklar lentasi
0