TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Qirg‘iziston prezidentligiga hujjat topshirish muddati yakunlanib borayotgan bir vaqtda nomzodlar soni 50dan oshdi. Bunday raqamlar respublika markaziy saylov qo‘mitasi tomonidan keltirilgan.
Nomzodlar orasida - prezident v.b. Sadir Japarov ham bor. U MSQga hujjat topshirgan, ammo nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun qonunga muvofiq davlat rahbari va bosh vazir vakolatlarini 15-noyabr soat 00.00ga qadar o‘zidan sokit qilishi lozim.
Jurnalistlarga bir oz avval berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Japarov bu ishni 14-noyabr kuni kechqurun amalga oshirmoqchi.
Parlamentning sobiq spikeri Kanat Isayev ham prezidentlik poygasida qatnashish istagini bildirdi. Saylovlarda ishtirok etish uchun u 4-noyabr kuni qonunchilik kengashi rahbari lavozimidan iste’foga chiqdi.
Nomzodlar orasida boshqa bir qator mashhur siyosatchilar ham bor.
O‘tgan parlament saylovlarida to‘rtinchi o‘rinni egallagan va natijalari keyinroq bekor qilingan "Butun Kirgizstan" partiyasi yetakchisi - Adaxon Madumarov davlat ham rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, saylovlarda Madumarovning partiyadagi sherigi va ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Kursan Asanov ham qatnashadi.
Nomzodlardan yana biri - mamlakat Konstitutsiyaviy palatasining sobiq sudyasi va muxolifatdagi "Islohotlar" partiyasi yetakchisi Klara Sooronqulovadir. Oktabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida uning siyosiy birlashmasi 1,5% ovozga ega bo‘lgan.
Shuningdek, nomzodlar orasida qator sobiq parlament a’zolari, fuqarolik faollari, o‘qituvchilar, yuristlar, pensionerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va o‘ndan ortiq vaqtincha ishsizlar ham bor. Bir kishi - siyosatshunos Baqit Baketayev hujjatlarni topshirgandan so‘ng, o‘z ixtiyori bilan saylov poygasidan chiqib ketdi.
Qirg‘izistonda prezident saylovlari 2021-yil 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak.