Qirg‘iziston yirik shoxli chorva olib chiqilishini ta’qiqlashi mumkin

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishRabota selskoxozaystvennoy fermi v sele Lojnikovo Omskoy oblasti
Rabota selskoxozaystvennoy fermi v sele Lojnikovo Omskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bunga qadar Qozog‘iston eng ko‘p ko‘sht yetkazib beruvchi bo‘lgan bo‘lsa, endi bozordagi bu ulushni Belarus egallab olishni rejalashtirmoqda. 2020-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra Belarus O‘zbekistonga eng yirik go‘sht yetkazib beruvchi maqomini olgan.

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qirg‘iziston hukumati qoshidagi monopoliyaga qarshi kurashish davlat agentligi respublikada go‘sht narxi nega oshib borayotganiga izoh berdi.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht qimmatlashishi sabablari sanab o‘tildi

Bu jarayon Qozog‘istonda yirik shoxli chorva mollari eksportiga cheklovlar kiritilgani bilan bog‘liq, deya tushuntirgan agentlik.

"Qozog‘istonda chorva eksportiga kiritilgan ta’qiq tufayli Qirg‘izistonda chorva mollari O‘zbekiston va Tojikiston tomonidan ommaviy xarid qilina boshladi. Bundan tashqari, olib sotarlarning aksariyati vaziyatdan foydalanib, narxni oshirib yubordilar, — deyiladi xabarda. — Qirg‘izistonda ham qishloq xo‘jaligi go‘sht sektoriga yangicha yondashuvlar kerak. Vazirlik Qozog‘iston sxemasini qo‘llash masalasini o‘ylab ko‘rishi zarur".

Yagnyata - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda chorva mollar eksporti taqiqlandi: go‘sht narxi qanday bo‘ladi?

Sal oldin RFA V.M.Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimlari ilmiy tadqiqot markazlari va IT-texnologiyalarini iqtisodiy-tahlil tadqiqoti markazi rahbari Dmitriy Gordeyev sal avval Qozog‘iston tomonidan chorva eksportiga kiritilgan ta’qiqdan so‘ng O‘zbekistonga go‘sht xom-ashyosi yetishmovchiligi muammosini hal qilishga Belarus yordam bergani haqida aytgan edi.

O‘zbekistonda bunga qadar Qozog‘iston eng ko‘p ko‘sht yetkazib beruvchi bo‘lgan bo‘lsa, endi bozordagi bu ulushni Belarus egallab olishni rejalashtirmoqda. 2020-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra Belarus O‘zbekistonga eng yirik go‘sht yetkazib beruvchi maqomini olgan.

Yangiliklar lentasi
0