Vengriya o‘zining bosh qonunida jins va nikoh tushunchasiga aniqlik kiritmoqchi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPanorama goroda Budapeshta
Panorama goroda Budapeshta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin OAVda Vengriya hukumati mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va asosiy qonunda nikoh bu - erkak va ayol ittifoqi ekanligini, inson jinsi u tug‘ilishi bilan olinishini mustahkamlab qo‘yishni taklif etgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rus pravoslav cherkovi vengriya hukumatining asosiy qonunda jins va nikoh tushunchalarini mustahkamlab qo‘yish tashabbusini qo‘llab quvvatlaydi, degan RIA Novostiga Moskva partiarxati jamiyat va ommaviy axborot vositalari bilan cherkov aloqalari bo‘yicha Sinodal bo‘lim raisining o‘rinbosari Vaxtang Kipshidze.

Agitatsionniy plakat za obsherossiyskoe golosovanie po popravkam v Konstitutsii v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
Geylarga qarshi normalar uchun kim bizni uyaltirmoqda?

Sal oldin OAVda Vengriya hukumati mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va asosiy qonunda nikoh bu - erkak va ayol ittifoqi ekanligini, inson jinsi u tug‘ilishi bilan olinishini mustahkamlab qo‘yishni taklif etgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

"Menimcha, ilgari bu o‘z-o‘zidan ravshan deb hisoblangan aqidalarni konstitutsiyada mustahkamlash qarori juda to‘g‘ri, masalan, nikoh bu erkak va ayol ittifoqi ekani, shuningdek, biologik maydon bu inson tug‘ilishi paytida beriladigan reallik haqida. Men Vengriya va boshqa davlatlarning o‘z qonunchiligini va jamoatchilik hayotini tashqi ta’sirlardan himoyalash niyatini olqishlayman", - deb aytgan Kipshidze.

Flag LGBT-soobshestva na zdanii posolstva SShA v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Putin AQSh elchixonasi binosiga ilingan LGBT bayrog‘i haqida hazil kildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda nikoh, erkaklar va ayollar haqidagi tasavvurlar qayta ko‘rib chiqilmoqda va davlatlarga nodavlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan "misli ko‘rilmagan bosim" o‘tkazilib, ular "marginal guruhlar manfaatlariga moslab milliy qonunchilikning o‘zgartirilishiga erishishga harakat qilmoqdalar".

U shuningdek, Rossiya allaqachon konstitutsiyaga tuzatishlar kiritib, nikoh tushunchasini erkak va ayol o‘rtasidagi ittifoq sifatida mustahkamlab qo‘yganini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0