TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya kuchi xalq iste’dodi va qadriyatlardadir, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin strategik tashabbuslar agentligining "Yangi davr uchun kuchli g‘oyalar" forumida.
Rossiya yetakchisining aniqlik kiritishicha, gap o‘zaro yordamga kelish qadriyati, mamlakat tarixiga bo‘lgan hurmat va vatanparvarlik haqida bormoqda.
Ushbu axloqiy tamoyillar bugungi kunda ta’sirchan, chinakam madaniy va ma’rifiy tashabbuslarda, ko‘ngillilar va notijorat sektorning ijtimoiy xizmatida, Ulug‘ Vatan urushi haqidagi xotirani saqlaydigan qidiruv harakati ishlarida o‘zini namoyon etmoqda ", dedi Putin.
Ushbu umumiy qadriyatlar tufayli Rossiya aholisi o‘zini yagona xalq his qiladi, deb ta’kidladi prezident.
"Yangi davr uchun kuchli g‘oyalar" forumi 11-noyabrda start olgan. Tadbirdan maqsad - tashabbuskor odamlar hamjamiyatini shakllantirish va Rossiyaning texnologik rivojlanish strategiyasini yaratishdir.