TOShKENT, 12 noya — Sputnik, Dmitriy Matveyev. Yevropa futbolining A Seriyasida debut qilganiga qadar Eldor Shomurodov Italiya matbuotida maqtovlarga sazovor bo‘lgan edi. Bir qator nashrlar uni Sharqdan kelgan “yangi Pontek” va hato “o‘zbek Messi”si deb atagan edi. (Kshishtof Pontek - Jenoada 2018-yilda to‘p surgan polshalik futbolchi)
Nufuzli "La Gazzetta dello Sport" nashri oktabr o‘rtalarida Eldor haqida katta maqola chop etgan edi. Unda Eldorning biografiyasidan tashqari 2001-2014 yillarda Italiyaning "Yuventus", "Redjinu", "Krotone", "Jenoa", "Torino" va boshqa jamoalarida to‘p surgan birinchi o‘zbek futbolchisi Ilyas Zeytullayev ham esga olingan edi.
Maqolada aytilishiga ko‘ra, O‘zebkiston terma jamoasining o‘z Buffon va Messilari bor. Xususan, jurnalist Nesterovni Buffonga va Eldorni Messiga tenglashtirgan.
Maqolada aytilishiga ko‘ra, Eldor “Bunyodkor” klubiga Rivaldo kelgan vaqtlarida futbolni sevib qolgan. O‘shanda afsonaviy braziliyalik futbolchi Eldorning qo‘lini siqqan edi. Shundan so‘ng jamoadoshlari hazillashib unga uzoq vaqt qo‘lini yuvmay yurishni maslahat berishganini esga olgan.
O‘zbekistonlik legioner "Jenoa" jamoasida 19-oktabrda debut match o‘tkazgan edi. “Verona”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin 0:0 hisobida durang natija bilan tugadi. Eldor ushbu o‘zinda o‘zini yaxshi tomondan namoyish qila olmadi. 63 daqiqada uning o‘rniga yosh hujumchi Djanluka Skamachcha chiqdi.
O‘yin natijalariga ko‘ra "La Gazzetta dello Sport" Shomurodovga eng past baho qo‘ydi— 5,0. Uning o‘rniga chiqqan hujumchi esa 6,5 ball olgan.
⚽️ Ripresa immediata al #CentroSignorini.
— Genoa CFC (@GenoaCFC) November 5, 2020
🔜 Domenica arriva la Roma. pic.twitter.com/oVRFAuaWRq
Italiya nashrlari o‘zbekistonlik futbolchining sust debutini yangi sharoitlarga moslashish bilan bog‘ladi. “U juda ko‘p mehnat qildi, lekin ko‘proq o‘ziga ishondi va ko‘p xato qildi” – degan xulosaga kelgan u yerlik jurnalistlar. "Jenoa" jamoasining doimiy muxlislaridan biri o‘z Tvitterida Eldor yangi sharoitlarga moslashishi uchun vaqt kerak deb izoh qoldirgan.
“24 oktabrda bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘yinda "Jenoa" Milanning "Inter" jamoasiga yutqazib qo‘ydi. Raqib kuchli bo‘lgani tufayli "Jenoa" murabbiyi Rolando Maran Shomurodovni maydonga chiqarishga botinmadi shekilli. O‘yin davomida asosiy hujumchilar makedoniyalik Goran Pandev va xorvatiyalik Marko Pyatsa bo‘ldi. Eldor 65 daqiqada maydonga chiqdi, lekin bu safar ham o‘zini yaxshi namoyish qila olmadi. "Jenoa" oqibatda— 0:2 hisobida yutqazdi.
“Sampidoriya” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchinchi o‘yinda Eldor umuman maydonda ko‘rinmadi. Keyinroq uning jarohati borligi ma’lum bo‘ldi. “Torino” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘yinda Eldor o‘yinchilar ro‘yxatida ham yo‘q edi.
Rasman Eldorning jarohati haqida klub tomonidan xabar tarqatilmagan bo‘lsa-da, futbolchilar uning mushaklari jarohatlanganini ma’lum qilishdi. Shifokorlar aytishiga ko‘ra, u “Roma”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan 7-o‘yinda maydonga chiqishi kerak edi.
Lekin 8-noyabrdagi o‘yinda ham Eldor ko‘rinmadi. "Jenoa" "Roma"ga 1:3 hisobida yutqazdi. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik futbol muxlislarida “bu yerda bir gap bor” degan haqiqiy shubha paydo bo‘ldi.
Genuyalik klub rasmiy Tvitterida bir necha kishi birdaniga “Shomurodov qani?” degan savollar bilan murojaat qilshdi. “Shomurodov yo‘q bo‘lsa, bizga qiziq emas” deb yozdi ikkinchisi.
Shunday qilib, Eldorning Italiya jamoasiga kelganiga bir oy bo‘lgan bo‘lsa, uning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Yoki u haqiqatdan travma olgan, yo klub rahbariyati legioner o‘yinidan mamnun emas, lekin “uydagi gap tashqariga chiqmasin” qabilida ish tutmoqda.
* Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilish mumkin.