TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turida “Jenoa” va “Verona” o‘zaro to‘qnashdi.
Ushbu o‘yinda genuyaliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov debut uchrashuvini o‘tkazdi. U A Seriya tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik ilk futbolchi bo‘ldi.
Asosiyda tarkibda maydonga tushgan Eldor 63-daqiqada zaxiraga olindi. Uchrashuvda esa hisob ochilmadi.
Ushbu durangdan keyin “Jenoa” A Seriya turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarilgan.
Klub keyingi turda “Inter”ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov yozgi transferlar oynasi vaqtida “Rostov”dan italyan klubiga o‘tgan edi.