O‘zbekistonda koronavirus: 12-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishV mobilnoy laboratorii ekspress-testirovaniya
V mobilnoy laboratorii ekspress-testirovaniya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 163 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 69 560 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Zveroferma po virashivaniyu lisis - Sputnik O‘zbekiston
Virus mutatsiyasi: Daniya hukumati barcha qorako‘zanlarni yo‘q qiladi

Bir sutka davomida 163 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 879 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 83 nafari Toshkent shahrida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 142 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 66 814 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 153 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 593 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 52,1 milliondan oshdi, 1,2 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 33,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (10,4 mln), Hindistonda (8,7 mln), Braziliyada (5,7 mln).

Yangiliklar lentasi
0