Virus mutatsiyasi: Daniya hukumati barcha qorako‘zanlarni yo‘q qiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZveroferma po virashivaniyu lisis
Zveroferma po virashivaniyu lisis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Daniyada koronavirus mutatsiyasining oldini olish uchun barcha qorako‘zanlar yo‘q qilinadi. Qorako‘zanlarda aniqlangan mutatsiyaga uchragan virus vaksina yaratilishida muammoni yuzaga keltirishi mumkin.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Daniyada koronavirus mutatsiyasining oldini olish uchun barcha qorako‘zanlar (norka) yo‘q qilinadi.

Hayvonlar orasida koronavirus aniqlangani sababli Daniya fermalarida saqlanayotgan qorako‘zanlar o‘ldiriladi.

“Daniyadagi barcha qorako‘zanlar o‘ldirilishi kerak”, — dedi Daniya bosh vaziri Mette Frederikson.

Frederiksenning so‘zlariga ko‘ra, odamlar orasida tarqalib, ularda antitanalar shakllanish xususiyatini kuchsizlantirayotgan qorako‘zanlarda mutatsiyaga uchragan COVID-19 infeksiyasi sabab keskin harakatlarni amalga oshirish zarur.

Ta’kidlashicha, qorako‘zanlarda aniqlangan mutatsiyaga uchragan virus vaksina aratilishida muammoni yuzaga keltirishi mumkin.

Mutatsiyaga uchragan koronavirus bilan kasallanish holati 207 bosh qorako‘zanda va 12 kishida aniqlandi. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, virus nafaqat Daniyada, balki boshqa davlatlarga tarqalishi mumkin.

“Biz Daniya aholisi oldida mas’ulmiz. Biroq aniqlangan mutatsiyani hisobga olsak, dunyoning qolgan aholisi qarshisida ham mas’uliyatimiz bor”, — deydi Frederiksen.

 

Yangiliklar lentasi
0