O‘zbekistonda elektr energiyasining ulgurji bozorini yaratish kerakmi – ekspert fikri

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishEkspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov
Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik ekspert O‘zbekistonning yangi elektr energiya ulgurji bozori tizimiga o‘tishining ijobiy va salbiy tomonlarini sanab o‘tdi.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. O‘zbekiston yaqin yillar ichida bosqichma – bosqich elektr energiyasini ishlab chiqish, yetkazib berish va taqsimlash borasida yangi tizimga o‘tishini rejalashtirmoqda.

Rossiya Milliy energetika xavfsizligi fondining bosh tahlilchisi Igor Yushkov bu borada o‘z mulohazalarini bildirdi.

Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tarifini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

Ekspert fikriga ko‘ra ushbu jarayonda asosiysi – yangi tizimga o‘tishning har bir bosqichida ishlashga qodir bo‘lgan elektr ta’minoti tizimini saqlab qolishdir.

Ikkinchidan, yangi tizimga o‘tish xarajatlarini to‘liq davlat hisobidan amalga oshirishning iloji yo‘q. Rossiya tajribasi bu borada juda foydali bo‘lishi mumkin.

“Rossiya ham o‘z vaqtida RAO YeES (yagona eneregetika kompaniyasi) bo‘lib tashlagan edi va uning energiya ishlab chiqarish qismini xususiylashtirgan edi. Buning natijasida, hozir O‘zbekiston aytayotgan, ulgurji energiya bozori yaratilgan edi. Maqsad – ushbu sohada raqobat yaratish, unga investorlarni jalb qilish, yangi elektr stansiyalari qurilishini ta’minlashdir”, - deydi Yushkov.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Investor daromad olish mumkin bo‘lgan joyga keladi. Natijada elektr energiyasi ulgurji bozorini yaratish – uning narxi oshishiga olib kelishi tabiiy holdir. Shu bilan birga davlat tomonidan sun’iy ravishda narxlar o‘sishini “ushlab turish” ham - yaxshi emas. Buning oqibatida – sohada turg‘unlik sodir  bo‘lishi mumkin.

“Yillar davomida narxlarni ushlab turish – sohaga sarmoyalar kiritilmasligi, uskunalar eskirishi va samaradorlik tushib ketishga olib keladi. Oqibatda elektr uzatish tizimining ishonchligi yo‘qoladi. Svet tez-tez o‘chadigan bo‘lib qoladi. Bu muammoni sobiq Ittifoq hududida barcha yaxshi biladi”, - deydi ekspert.  

Yushkov fikriga ko‘ra, elektr ta’minoti sohasida xususiy investitsiyalar va elektr energiyasi narxi orasida kerakli muvozanatni topish juda muhimdir.

Daromad qanday bo‘lmasin, elektr energiya ulgurji bozorida - sotuvchi “xo‘jayin” bo‘lmasligi kerak. Iste’molchilar manfaati hisobga olinishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish, ulgurji energetika bozorini yaratish borasida topshiriqlar bergan edi.

Ekspert to‘liq xulosasini Sputnik podkastida tinglang.

Yushkov nazval plyusi i minusi perexoda Uzbekistana k novomu rinku elektroenergii
Yangiliklar lentasi
0