TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 157 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 879 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 68 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 7 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 176 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 66 609 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 2 130 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 591 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Rossiyaga ishga yuborish haqida
O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov va Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Vladimir Turdenev ishtirokchida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda koronavirus pandemiyasi paytida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalasi, O‘zbekiston va Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan migratsiya sohasidagi shartnomalar loyihalarining bugungi kundagi holati muhokama qilindi. Uchrashuvda ikki mamlakat migratsiya sohasida yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirildi. O‘zbekiston tomoni fuqarolarni Rossiyaga ishga joylashtirish masalasida Rossiya hukumatidan ruxsat olish bo‘yicha bir nechta takliflar berdi. Takliflarni Rossiya tomoni muhokama qilib, natijasi bo‘yicha ma’lum qilinishini ta’kidladi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 51,5 milliondan oshdi, sal kam 1,2 million kishi vafot etdi, 33,5 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (10,3 mln), Hindistonda (8,6 mln), Braziliyada (5,7 mln).