Pandemiya davrida o‘zbekistonliklarni Rossiyaga ishga yuborish jarayoni soddalashtirilmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishStroiteli vo vremya otdelochnix rabot
Stroiteli vo vremya otdelochnix rabot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tomoni fuqarolarni Rossiyaga ishga joylashtirish masalasida Rossiya hukumatidan ruxsat olish bo‘yicha bir nechta takliflar berdi.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov va Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Vladimir Turdenev ishtirokchida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Andijondan 4500 nafar fuqaro Rossiyaga ishga yuboriladi

Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuvda koronavirus pandemiyasi paytida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalasi, O‘zbekiston va Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan migratsiya sohasidagi shartnomalar loyihalarining bugungi kundagi holati muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki mamlakat migratsiya sohasida yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni fuqarolarni Rossiyaga ishga joylashtirish masalasida Rossiya hukumatidan ruxsat olish bo‘yicha bir nechta takliflar berdi. Berilgan takliflarni Rossiya tomoni muhokama qilib, natijasi bo‘yicha ma’lum qilinishini ta’kidladi.

“Muzokaralar yakunida tomonlar pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Rossiyada ishga jalb qilish, xususan, mamlakat hududiga kirishga va ishlash uchun ruxsat olish, mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan holda jo‘natish, karantinda bo‘lish kabi jarayonlarni soddalashtirish yuzasidan qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Agentlik hozirda uchrashuvda bildirilgan barcha fikrlar bo‘yicha Rossiya tomonidan takliflar olinishi kutilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0