Putin nega Baydenni tabriklashga shoshilmayapti

© REUTERS/Jim BourgDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayden Putin bilan faqat bir marta 2011-yil 10-martda uchrashgandi, lekin uning davomida u suhbatdoshiga Rossiya prezidentligiga yana nomzodini qo‘ymasligi zarurligi haqida shama qilishga ulgurgandi.

AQSh prezidenti saylovlarida o‘zini g‘olib deb e’lon qilgan Jo Baydenni ko‘plab mamlakatlar rahbari qutlab bo‘lishdi. Bunda tabrik telegrammasini yo‘llashga oshiqmayotganlarning sukut saqlashi ma’noliroq bo‘lmoqda. Masalan, Lotin Amerikasining eng yirik mamlakatlari Braziliya va AQSh qo‘shnisi Meksika prezidentlarining. Agar Braziliya yetakchisi Bolsonaru hamisha ochiqchasiga Trampga tahsin o‘qigan bo‘lsa, Meksika rahbari Lopes Obrador esa shaxsiy sabablarga ko‘ra “surbet bo‘lishni xohlamaydi” va “barcha huquqiy jarayonlar yakunlanishini” kutib turishni afzal biladi. U asosli ravishda bunday deb hisoblaydi. 14-yil ilgari undan prezident saylovlaridagi g‘alabani o‘g‘irlashgan edi, o‘shanda xorijiy yetakchilar rasmiy natijalarni kutib turmasdan uning raqibini tabriklashni boshlagandi.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden davri: Markaziy Osiyo AQShning yangi prezidentidan nimani kutishi kerak

Baydenni Tramp bilan uch marotaba uchrashgan marshal Kim Chen In ham qutlamadi, Oq uyning amaldagi xo‘jayini bilan yaxshi munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan Rajab Erdog‘an ham sukut saqlamoqda. Lekin Moskva va Pekinning sukut saqlashi eng ma’noli sanaladi – Vladimir Putin va Si Szinpin Baydenni muborakbod etishga shoshilishmayapti. Saylovlar arafasida deyarli barcha “xitoyliklar Bayden, ruslar esa Tramp uchun pul tikishmoqda” deyishgandi. Pekin Xitoy bilan savdo urushini boshlagan Trampning mag‘lubiyatiga xursand bo‘lar emish. Xitoyliklarga Bayden yaqinroq emish. Biroq Si Szinpin jim, Pekin esa saylov natijalari amerika huquqiy jarayonlarini o‘tkazish yakunlariga ko‘ra aniqlanishidan kelib chiqishini aytmoqda. Sudlar uzoqqa cho‘zilishini inobatga olib, Bayden 10 kundan keyin nishonlaydigan o‘zining 78 yosh yubileyiga tabriknoma olmasligi aniq.

Vladimir Putinning sukut saqlashini “The New York Times” gazetasi Rossiyada AQShning yangi prezidenti bilan “chuqur dushmanlik munosabatlariga” tayyorlanayotganlarining birinchi alomati deb atashdi, Tramp esa 2016-yilda Rossiya prezidentini g‘alabadan so‘ng atigi bir necha soat o‘tib tabriklagandi. Endi esa jimjitlik – buning hammasi ikki mamlakat munosabatlarida keskinlikdan darak bermoqda, deya yozadi “The New York Times”.

Andrey Kazansev - Sputnik O‘zbekiston
Bayden siyosati MOdagi konkret odamlar uchun muhim bo‘ladi - ekspert

Bu yerda hammasi kulguli – ikki mamlakat munosabatlari bundan ortiq yana qanday keskin bo‘lsin? Ular bu holatga Tramp tomonidan emas, balki o‘sha global elitalar keltirgan. Ular hozirgi prezident huzurida ham kongress (tashqi siyosatda katta rol o‘ynaydigan), ham Amerika davlatining o‘zini nazorat qilgandi. Yo‘q, Putin Bayden bilan jangga hozirlanayotgani uchun emas, balki Trampni hurmat qilgani uchun sukut saqlayapti deb o‘ylash kerak. Insoniylik omilini hech kim bekor qilganicha yo‘q.

Albatta, birinchi o‘rinda pragmatik rejasi turibdi, Rossiyaga, tabiiyki, Amerikaning qanchalik o‘zining ichki ishlariga o‘ralashishi foydaliroq. Bunday yondashuv AQShning ichki ishlariga aralashish bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Bu yerda shunchaki ko‘rinib turgan narsalar tasdig‘i. Agar prezident saylovlari natijalari har qanday holatda ichki amerika qarama-qarshiligini kuchaytirsa, Rossiya tomonidan (Amerikaning raqibi bo‘lgan har qanday boshqa davlat singari – AQShning o‘zining ta’rifi bo‘yicha) bu vaziyatdan foydalanmaslik kulguli bo‘lgan bo‘lardi. Agar Baydenni inauguratsiyaga qadar tabriklamaslik foydali bo‘lsa, demak, shunday bo‘ladi.

Bayden prezidentligi qonuniyligini tan olmaslik aniq bo‘lmaydi. Bu variant nazariy jihatdan ehtimolli. Agar 20-yanvar kuni Baydenni prezident deb e’lon qilishsa, Tramp esa (respublikachilar bilan yoki ularsiz) uning saylanishining qonuniyligini tan olmasa, Moskvaning saylovlari qonunbuzarliklar bilan o‘tgan ekan (unga qadar barcha sud muhokamalari yakunlanmasligi mumkin), demak, AQShning qonuniy davlat rahbari yo‘q ekan deb gapirishga vaji bo‘ladi. To‘laligicha amerikacha usul, lekin ma’lumki, Rossiya AQSh bilan bunday o‘yinlarni o‘ynamaydi.

Prezentatsiya knigi M. Gorbacheva Ostayus optimistom v Moskovskom Dome Knigi - Sputnik O‘zbekiston
Umid qilaman, Bayden AQSh-Rossiya o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi - Gorbachov

Hech qanday shaxsiy sabab yo‘q, shunchaki bu biz uchun foydali emas. Shaxsiy sabab keyin boshlanadi  - va bu yerda gap Putinning Trampga bo‘lgan munosabati haqida boradi. Ma’lumki, bizga uning qayta saylanishi foydaliroq bo‘lgan bo‘lardi. Agar Tramp kuchaysa va “Vashington botqog‘ini” quritishga kirishsa. Va agar Trampning qayta saylanishi Amerika parchalanishiga – qo‘shhokimiyatlikkacha olib kelsa. Hozir Trampning ikkinchi muddatiga umid qilishni to‘liq yo‘qqa chiqarib bo‘lmaydi: sud muzokaralari uning tarafdorlarining mitingi va ko‘chadagi faolliklari bilan mustahkamlanadi. Vaziyat esa “Vashington botqog‘i” nazorati ostidan chiqib ketishi mumkin.

Ammo Putin Tramp o‘g‘irlangan g‘alabasini himoya qilishiga pul tikishi dargumon. U o‘g‘irlanganiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Kreml to‘rt yil ichida ruslar aralashuvi va Trampning ruslar bilan aloqasi haqidagi qip-qizil yolg‘onni aylantirganlarning halol g‘alabasiga qanday ishonishi mumkin? Saylangan prezidentga qarshi fitna uyushtirganlarning (2016 yilda) uning keyingi saylovlarda mag‘lubiyatga uchrashi uchun har qanday nayrangga bormasligiga qanday shubha bo‘lishi mumkin? Tizim Trampdan kuchliroq, hozircha kuchliroq, u tuzatib bo‘lmaydigan xatoga yo‘l qo‘yishni boshlamaganucha kuchliroq. O‘sha xatolardan biri, aytgancha, Baydenning “g‘alabasi” bo‘lishi mumkin. Kreml aynan shundan kelib chiqadi. Lekin Putinning Trampga bo‘lgan shaxsiy munosabatiga faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatadi – ofarin, bo‘sh kelmayapti, jangchi.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Ikki prezidentning o‘zaro simpatiyasi hech qanday insoniy munosabatlarga aylanmadi. Uch yarim yil davomida ular atigi bir necha marta uchrashishdi. Lekin shaxsan tanishgunga qadar Tramp Putin haqida simpatiya va hurmat bilan gapirgandi. Uning Putin bilan muzokaralar tajribasi uning fikrini tasdiqladi, xolos. Yaqinda Tramp Putinni “dunyo miqyosidagi shaxmatchi” deb atab, bu toifaga Si Szinpin, Rajab Erdog‘an va Kim Chen Inni qo‘shish mumkinligini ilova qildi. Bu to‘rtlikni nima birlashtiradi? Ularning haqiqatdan ham kuchli geosiyosiy o‘yinchilar ekanliklaridan tashqari.

Ularni Baydenni g‘alaba bilan qutlashga oshiqmayotganliklari birlashtiradi. Tramp o‘zining shaxmatchilar haqidagi nutqida Bayden prezident bo‘lsa, Putin, Si, Erdog‘an va Kim bilan baravar ishlay olmasligini aytgandi – bu mutlaq haqiqat.

Storonniki Djo Baydena posle viborov v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Bayden shtabi uni AQShning saylangan prezidenti deb tan olish to‘g‘risida so‘rovnoma yubordi

Bayden Putin bilan faqat bir marta 2011-yil 10-martda uchrashgandi, lekin uning davomida u suhbatdoshiga Rossiya prezidentligiga yana nomzodini qo‘ymasligi zarurligi haqida shama qilishga ulgurgandi. Si Szinpiga (o‘shanda Xitoy raisi o‘rinbosari bo‘lgan) vitse-prezident Bayden bundan o‘n yil ilgari G2 ni tashkil etishni muvaffaqiyatsizlik bilan taklif qilgandi. Bu Obama ma’muriyatining o‘yini edi – Xitoyni yangilangan atlantik dunyoda kichik hamkor roliga o‘rgatish. Ya’ni o‘shanda Baydenning qo‘lidan hech narsa kelmagandi, o‘z “hamkorlarini” o‘ziga va AQShga qarshi qayragandi, xolos. Agar u AQSh rahbari bo‘lsa, ular, albatta, u bilan ishlashadi. Lekin oshkora raqiblar sifatida.

Geosiyosiy o‘yinchi Bayden uning ortidan dunyodagi eng kuchi mashina turganiga qaramasdan haqiqatdan ham zaif. Qolaversa, mashina allaqachon o‘chib qolgan – agar uning qo‘lidan mahmadona Tramp ustidan g‘alaba qozonish kelsa, bu “g‘alaba” uning uchun so‘nggisi bo‘lishi mumkin. Shunday ekan tabriklash uchun hech narsa yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0