Bayden siyosati MOdagi konkret odamlar uchun muhim bo‘ladi - ekspert

© Sputnik / Aleksandr NatruskinAndrey Kazansev
Andrey Kazansev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andrey Kazansev fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari migratsiya yo‘nalishlariga rang-baranglik olib kirishi mumkin.

MGIMO analitika markazi direktori, siyosiy fanlar doktori Andrey Kazansevning fikricha, Jo Baydenning siyosati AQShga ish yoki o‘qish yuzasidan ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotgan ayrim konkret odamlar uchun ko‘proq ahamiyatli bo‘lishi mumkin.

Prezentatsiya knigi M. Gorbacheva Ostayus optimistom v Moskovskom Dome Knigi - Sputnik O‘zbekiston
Umid qilaman, Bayden AQSh-Rossiya o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi - Gorbachov

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari migratsiya yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin.

"Rossiyaga buncha miqdorda mehnat migrantlari kerak emas, Rossiya hozirda ular oqimini kamaytirmoqda. Nega deganda, mehnat migrantlarining buncha miqdoriga iqtisodiy talabning o‘zi yo‘q. Ammo bu borada AQSh raqobat tashkil eta olmaydi, chunki Markaziy Osiyodan u yoqqa baribir ko‘p odam keta olmaydi", - dedi Kazansev.

Ekspert fikricha, AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati hamisha afg‘on omiliga bog‘liq bo‘lgan, bu masalada esa respublikadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni rejalashtirgan Donald Trampdan farqli ravishda Oq uyning yangi ma’muriyatida hech qanday rejalar yo‘q.

Shuningdek, ekspert so‘zlariga ko‘ra, YeOII ishtirokchilari uchun Bayden kiritishni xohlab qolishi mumkin bo‘lgan Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanksiyalar ham ahamiyatli bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0