O‘zbekistondagi bog‘chalarda xitoy tilini o‘rganish joriy qilinishi mumkin

© Sputnik Detskiy sad "Aklvoy"
Detskiy sad Aklvoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktabgacha ta’lim vaziri va Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi kelajakdagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi  Szan Yan o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘chalarga elektron navbat qayta ishga tushirildi

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida kelajakdagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston hududida o‘yinchoqlar va turli xil o‘yin uskunalarini hamda didaktik materiallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, davlat-xususiy sherikligi asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish taklifi ilgari surildi. 

Shu bilan birga, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xitoy tilini qo‘shimcha chet tili sifatida o‘rganish, bu borada xodimlar malakasini oshirish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, hamkorlikda  Toshkent shahrida  raqamli bolalar bog‘chasining pilot loyihasini ishga tushirish muhokama qilindi.

Shuningdek, Xitoyning Sun Sinlin jamg‘armasi hamkorligi doirasida ixtisoslashtirilgan MTTlarning ta’lim sifatini oshirish, xodimlarning bilim salohiyatlarini kengaytirish masalalari borasida fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0