Samaradagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi

© Sputnik / Natalya Gorshkova / Mediabankka o‘tishTushenie pojara
Tushenie pojara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samara shahridagi shaxsiy uy yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi. To‘rt kishi esa qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyaning Samara viloyati, Samara shahridagi shaxsiy uy onib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in natijasida 5 nafar odam jarohat olgan, 4 kishi vafot etgan. “Jarohatlanganlardan biri O‘zbekiston fuqarosi A.X. N.I.Pirogov nomli 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Tashxis — is gazidan zaharlanish, boshning yumshoq to‘qimalari lat yeyishi”, - deyilgan xabarda.

Tushenie pojara v Samare. Kadri MChS Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Samaradagi yong‘inda 4 nafar mehnat migranti qurbon bo‘ldi - video

Vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda. Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari tergov harakatlarini olib bormoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olganligi hamda vakolatli organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turganligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samaradagi yong‘inda 4 nafar mehnat migranti qurbon bo‘lgani xabar qilingan edi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yotoqxona noqonuniy faoliyat yuritgan va uning qurilishida yong‘in xavfsizligiga amal qilinmagan. Yong‘in sabablaridan biri - qisqa tutashuv bo‘lishi mumkin, chunki o‘t o‘chiruvchilar u yerda xavfsizlik qoidalariga zid ulangan elektr simlarini topishgan.

Yangiliklar lentasi
0