Samaradagi yong‘inda 4 nafar mehnat migranti qurbon bo‘ldi - video

Obuna bo‘lish
O‘t o‘chiruvchilar vaqtida yetib kelib olovni o‘chirishgan, lekin fojea sodir bo‘lgan joyda 4 nafar kishining jasadi topilgan.

Bugun tongda Samara shahridagi Proizvodstvennaya ko‘chasida joylashgan 3 qavatli uyda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. 

Ma’lum bo‘lishicha yong‘in binoning 3-qavatida sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar o‘z vaqtida yetib kelgan va olovni o‘chirishgan. Foje sodir bo‘lgan joyda 4 nafar kishining jasadlari topilgan. Yana 4 kishi turli jarohatlar olgan. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, binoning ikki qavati yonmaydigan qurilish materiallaridan qurilgan uchinchi qavati esa yog‘ochdan mansarda shaklida qurilgan bo‘lgan. Birinchi qavatda avtomobillarni yuvish joyi va ustaxona bo‘lgan. Uchinchi qavat esa - migrantlar yotoqxonasi bo‘lgan. 

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yotoqxona noqonuniy faoliyat yuritgan va uning qurilishida yong‘in xavfsizligiga amal qilinmagan. Yong‘in sabablaridan biri - qisqa tutashuv bo‘lishi mumkin, chunki o‘t o‘chiruvchilar u yerda xavfsizlik qoidalariga zid ulangan elektr simlarini topishgan. Shuningdek guvohlar yong‘in elektr shitdan boshlanganini xabar qilishgan. 

Ayni damda Samara qiloyati Tergov qo‘mitasi ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Qurbon bo‘lgan shaxslar fuqaroligi aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0