Bojxona posti boshlig‘ining uyidan 310 ming dollardan ziyod mablag‘ topildi – bosh prokuror

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘matilla Yo‘ldoshev “Ark Buloq” bojxona postining sobiq rahbarining uyida tintuv o‘tkazilganda 311 ming dollar naqd pul topilgani, u jinoiy faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanib, “Tashkent City” da ikkita uy sotib olganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev so‘nggi ikki yil ichida respublikada huquqni muhofaza qilish idoralarining 318 xodimi jinoiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Generalniy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev. - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘ldoshev: 2-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi

Ta’kidlanishicha, “Ark buloq” bojxona posti boshlig‘i J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli subyektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko‘rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 milliard so‘m zarar yetkazgan.

Tergov jarayonida J.ning uyida o‘tkazilgan tintuvda pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar topilgan.

Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar evaziga Bo‘stonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, “Tashkent City” majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda “Captiva” avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan.

Bosh prokuror hozirda J. va uning sheriklari sud oldida javob berayotganini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0