Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda yangi muzorarda Rossiya bayrog‘i ko‘tarilishi marosimida ishtirok etdi. Kema “Viktor Chernomirdin” deb nomlangan va dunyodagi eng katta va qudratli atomsiz muzorar deb tan olingan.
Kema “Rosmorport” burtmasiga asosan Baltiyskiy zavodida qurilgan. Uning suv sig‘imi 22,3 ming tonnani tashkil etadi. U toza suvda 17 uzelga yaqin (kemaning tezlik o‘lchovi) tezligini oshirishga va uch metr qalinlikdagi muzlardan o‘tishga qodir.
Muzorar kemalarni muzliklardan olib o‘tish va shatakka olib tortishga mo‘ljallangan. Ilmiy ekspeditsiyalarni Arktika va Antarktikada olib o‘tishi va jizohlashi mumkin.