TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Primorsk o‘lkasi Bolshoy kamen shahridagi kemasozlik korxonasida dunyodagi eng qudratli “Rossiya” atom muzorar kemasi qurilishi boshlandi. Bu haqda “Rosatom” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Rosatomflot va “Zvezda” kemasizlik majmuasi o‘rtasida imzolangan shartnoma shartlariga muvofiq kemani 2027-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
“10510 kema loyihasining muqobili yo‘q. Nodir atom muzorari Arktikaning sharqida unga yil bo‘yi kemalarni muzliklardan olib o‘tishini ta’minlashga imkon beradigan alohida texnik xususiyatga ega”, - dedi Rosatomflot bosh direktori Mustafa Kashka.
Atom muzorarining asosiy xususiyatlari: quvvati: 120 MVt, tezligi – 22 uzel (toza suvda), uzunligi – 209 metr, kengligi – 47,7 metr, muzni yorib o‘tish – 4 metr.