O‘zbekistonda koronavirus: 5-noyabr asosiy xabarlari

© AFP 2023 / TIZIANA FABIVrach v bolnitse
Vrach v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 164 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 009 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Rospotrebnadzor koronavirusning g‘ayrioddiy alomatini ma’lum qildi

Bir sutka davomida 164 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 009 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 68 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 142 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 65 254 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 176 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Konsertniy zal Izvestiya-Xoll opechatali iz-za narusheniya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirus bo‘yicha antirekordlar yangilandi

O‘zbekistonda jami 579 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Germaniyalik shifokorlar

Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Robert Kox instituti (Germaniya)ning tajribali mutaxassislari bilan uchrashdi. Qatnashchilar o‘z mamlakatlaridagi pandemiya sharoiti, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan zarur chora-tadbirlar haqida fikr almashdi.

Delegatsiya tashrifi 29-oktabrdan 12-noyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Shifokorlar Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Samarqand viloyatidagi ushbu sohaga ixtisoslashtirilgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, koronovirusni tashxislash, nazoratga olish, onlayn maslahat, konsultatsiya, seminar-treninglar tashkil etish va bemorlarni davolashda bevosita qatnashib, mahalliy shifokorlar bilan birga hamkorlikda ish olib borishadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 48,1 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 31,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (9,5 mln), Hindistonda (8,4 mln), Braziliyada (5,6 mln).

Yangiliklar lentasi
0